Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning mamlakat hududlari bo‘yicha joylashuvi statistikasini e’lon qildi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda 15 martdan beri aniqlangan koronavirus holatlari soni 1380 tani, sog‘ayganlar 140 nafarni va vafot etganlar 4 nafarni tashkil etmoqda.

Statistikada Toshkent viloyatidan tashqari barcha hududlarda koronavirusdan davolangan va ayni paytda davolanishda bo‘lgan bemorlar soni keltirib o‘tilgan.


Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlarning aksariyati tashxis qo‘yilmasdan avval karantinda bo‘lgani, infeksiya aniqlanganidan keyin esa hududlardagi ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborilganini ma’lum qildi.