Qor, sovuq va kuchli yomg‘ir kabi ob-havo anomaliyalari bilan aprel oyining birinchi yarmidan keyin O‘zbekistonda bahorgi — quyoshli va issiq ob-havo hukmronligi o‘rnatilmoqda.

O‘zgidromet matbuot xizmatining xabar berishicha, xuddi shu ob-havo dam olish kunlari va kelgusi haftaning birinchi yarmida ham davom etadi.

17 aprel kuni kunduzi havo harorati +20… +22 daraja, yakshanba kuni esa +23… +25 darajagacha ko‘tariladi, bu iqlimiy me’yorlarga yaqin.

Keyingi haftaning birinchi yarmida havo harorati yanada yuqori — + 26 … + 27 darajagacha ko‘tariladi.

Sinoptiklarning eslatishicha, eng issiq yillarda aprel oyining oxirgi o‘n kunligi boshida havo harorati +32… +34 darajaga, respublikaning janubida esa +35… +37 darajaga yetgan.