19 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1495 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kecha kun davomida 85 ta yangi holat tasdiqlangani haqida xabar qilindi.

Ayni vaqtga qadar 195 kishi koronavirusdan to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 5 kishi infeksiya keltirib chiqargan asoratlardan vafot etdi.