20 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1582 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 371 kishi davolanmoqda, ulardan 78 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.

Hozirgi vaqtga kelib, 92 ming fuqaro karantin muddatini statsionar va uy sharoitida o‘tayapti.

O‘tgan kun davomida koronavirus uchun 11,8 mingta test o‘tkazildi. Asosiy maqsad kasallikni aniqlash va infeksiya o‘choqlarini aniqlashdir, dedi Nurmat Otabekov.