Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda bir qator xujjatlarning amal qilish muddati 1 iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Jumladan, qarorga ko‘ra, 1 iyunga qadar xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari avtomatik tarzda uzaytiriladi hamda vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga mamlakatdan chiqib ketishiga ruxsat beriladi. Ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan litsenziya va ruxsatnomalar, shaxsni tasdiqlovchi, avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarning amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytirilgan deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytirilgan edi. Shu bilan bir qatorda, qaror asosida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan bog‘liq barcha litsenziyalar bo‘yicha ariza qabul qilish va litsenziyalarni ko‘rib chiqish hamda berish 10 mayga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.