18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan TEAM universiteti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur universitet O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik oliy o‘quv muassasi hisoblanib, uning asosiy vazifalaridan biri tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash etib belgilangan.

Hukumat qororiga ko‘ra, universitetda ta’lim jarayoni ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda tashkil etiladi, ta’lim faoliyati esa 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilgan belgilangan namunadagi diplom beriladi. Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar — potensial ish beruvchilar taqdim etadigan ta’lim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, TEAM University nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, universitet Business School HUMO Campus kompaniyasining tarkibiga kiradi (uning aktivlari GroundZero kovorkorking markazlarini o‘z ichiga oladi).

Universitet Vasiylik kengashi raisi Alan Frans — oliy ma’lumotli mutaxassis, yaqinda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining birinchi prorektori bo‘lgan. Universitet rektori — Alisher Hasanov. Oliy ta’lim sohasidagi mutaxassis, bundan oldin u KPMG xalqaro konsalting kompaniyasida ishlagan va bundan oldin Toshkent xalqaro Vestminster universitetida prorektor vazifasida ishlab kelgan.

Shuningdek, ushbu kengash tarkibiga Koriznka.uz asoschisi Zafar Xoshimov, Xassan va Office Market kompaniyalar guruhining hammuassisi Xusan Mamasaidov, HM Partners kompaniyalar guruhi hammuassisi Muzaffar Qosimov ham kirgan.