21 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1678 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
10:00 holatida esa mamlakatda COVID-19 holatlari 30 taga oshib, jami 1657 taga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, kun davomida 51 ta yangi holat qayd etildi.