Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sog‘aydi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 41 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 274 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.