O‘zbekistonda 150 mingga yaqin inson koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov brifingda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi.

Olingan testlarning soni kelgusida maksimal oshirilishi hisobiga karantin shartlarini yumshatish mumkinligi aytilgan.

Bundan tashqari, uning ma’lum qilishicha, hozirda xususiy klinikalarda test o‘tkazish qarori ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonda testlar laboratoriyada polimeraza zanjirli reaksiyasi yordamida amalga oshiriladi. O‘ziga xoslik, sezuvchanlik va ma’lumotlar aniqliligi yuqori darajada. Ekspress-testlar mamlakatda o‘tkazilmaydi.