Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari Jalaquduq tumanidan. Ulardan 4 nafari erkak bo‘lsa, yana 4 nafari ayollardir. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 13 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 269 nafarni tashkil etmoqda.