20 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiyada turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vafot etganlarning jasadi Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil transporti orqali olib kelindi. Fuqarolarning jasadlari O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib o‘tilib, yashash manzillari bo‘yicha jo‘natildi, deyiladi xabarda.

Agentlik Rossiyada vafot etganlarning birortasi ham koronavirus pandemiyasiga chalinmaganini alohida qayd etdi.