23 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bundan avvalroq tasdiqlangan COVID-19 holatlari 19 taga ko‘payib, 1735 taga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, kunlik o‘sish 42 tani tashkil etdi.

Shu bilan birga, bugun jami 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.