O‘zbekistonda navbatdagi 32 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Buxoro viloyatidan 31 nafar va Jizzax viloyatidan 1 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 26 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 2 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ulardan 28 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyatidan, 4 nafardan Andijon, Toshkent va Buxoro viloyatlaridan, 2 nafardan Surxondaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 486 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq 23 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarda saqlanib qolingani ma’lum bo‘lgandi.