Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, so‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.

Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Endilikda darddan forig‘ bo‘lganlar Andijonda 88 nafarni, Surxondaryoda esa 18 nafarni tashkil qilmoqda.
Shunday qilib, bugunning o‘zida 100 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 992 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1924 nafarni tashkil qilmoqda.