Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan.

Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 2 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 289 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 300 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1005 nafarni tashkil etmoqda.