Sirdaryo viloyatida ilk bor 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 33 yoshda.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.
Namangan viloyatida esa 11 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Sog‘ayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.
Xorazm viloyatida 27 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sog‘ayganlarning barchasi 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan. Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayollardir.
Hududlar kesimida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1059 nafarни tashkil etmoqda.