29 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1955 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 270 kishi davolanmoqda, ulardan 42 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud, 7 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir .

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 86 bemor davolanmoqda, 16 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 79 bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 105 bemordan 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanyapti dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 992 kishini tashkil etmoqda. Sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 3,11 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bundan 928 930 nafari infeksiyadan sog‘aygan, 217 183 nafar bemor vafot etgan.