29 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 taga ko‘payib, 1969 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, 10:00 holatida mamlakatda infeksiya qayd etilganlar soni 31 taga oshib, kechagi 1924 nafardan 1955 nafarga yetgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, kunlik o‘sish ko‘rsatkichi hozircha 45 tani tashkil etmoqda.