O‘zbekistonga Xitoyning ikkinchi marta yuborgan insonparvarlik yukining bir qismi yetib keldi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

29 aprel kuni tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati insonparvarlik yordami sifatida yuborgan 100 mingta test-tizimi bo‘lgan samolyot kelib qo‘ngan.

Yuklarning qolgan qismi: 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr: ham tez orada tayyorlanashi va O‘zbekistonga yetkazilishi aytilmoqda.