30 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2039 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 10:00 holatida 15 ta yangi COVID-19 holati qayd etilgan edi. Shu bilan kun davomida 37 ta yangi holat tasdiqlandi.

Bundan avvalroq esa 37 kishi infeksiyadan to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar 1133 nafarga yetgani xabar qilingan edi.