4 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2181 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 32 taga yetdi. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar esa hozirda 1370 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq soat 10:00ga qadar koronavirus holatlari soni 11 taga ortib, jami 2160 ta edi. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, 56 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 13 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, 42 mingdan ortiqrog‘i uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Kuni kecha 7300 dan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi. Epidemik vaziyat murakkablashgandan buyon 325 mingdan ko‘proq koronavirus kasalligiga laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan, dedi Nurmat Otabekov.