Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, «Sariq» toifada bo‘lgan Zarafshon shahri «Qizil» toifadagi hududga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda «Koronavirus info» rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Mazkur qaror Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olingan holda qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik holatdan kelib chiqib, «qizil» toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga o‘zgartirish kiritmadi.