Xorazmda 4 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.
Ma’lumotga ko‘ra 12 may kuni soat 19:00 larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil yo‘lining 3-km.da haydovchi A.S. (1998 y.t.) “Matiz” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshkargan. Shu vaqtda yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan Z.O‘. (2008 y.t.) ushlab ketayotgan M.J.ni (2016 y.t.) qo‘lidan chiqarib yuboradi. M.J. yo‘lga yugurib chiqishi oqibatida uni Matiz haydovchisi urib yuborgan.
Natijada, 4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.