O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Toshkent shahrida birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 may kuni “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” prezident qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Shavkat Mirziyoyev “propiska to‘g‘risida"gi qonunni imzolagan edi.