O‘zbekiston prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslariing jadvali tasdiqlandi, deya xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra joriy yilning 25 mayidan 7 iyun kunlari davomida 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.
25−31 may kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
- 25 may. Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent
- 26 may. Toshkent — Moskva — Toshkent
- 27 may. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
- 28 may. Toshkent — Rostov-Don — Toshkent
- 28 may. Toshkent — Istanbul — Toshkent
- 29 may. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
- 29 may. Toshkent — Moskva — Toshkent
- 30 may. Toshkent — Moskva — Toshkent
1 — 7 iyun kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
- 1 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
- 2 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
- 3 iyun. Toshkent — Sharja — Toshkent
- 3 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
- 4 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
- 5 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
- 6 iyun. Toshkent — Qohira — Toshkent
- 6 iyun. Toshkent — Novosibirsk — Toshkent
- 7 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
Eslatib o‘tamiz, 11 dan 24 maygacha vatandoshlarni chet elga olib chiqish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning 12 ta charter reysi tashkil etilgan edi.