Moskvada G‘alaba paradi 24 iyun kuni o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Ushbu marosim 9 may kuni o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli u ko‘chirildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Endilikda Rossiyada koronavirus tarqalishi cho‘qqisiga chiqdi, mutaxassislar fikricha, o‘tib bo‘ldi deb hisoblanadi, dedi Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.
U paradga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashga buyruq berdi. RF Mudofaa vazirligiga xavfsizlikning eng yuqori tartibini ta’minlash, xatarlarni eng past darajaga tushirish topshirildi.
G‘alaba paradi 9 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli u qoldirildi.
Qayd etish joizki, fevral oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov jurnalistlarga iyun oyining ikkinchi yarmida prezident Shavkat Mirziyoyevning Rssiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Tashrif kun tartibidan hududlar va rektorlar forumlari, media-forum va boshqa amaliy tadbirlarni o‘tkazish o‘rin olgan.