Dushanba, 15 iyun kuni O‘zbekistonda 183 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar qildi.
Shundan 144 ta holat karantin muassasalaridagi fuqarolar, 29 tasi aholi orasida (shundan 25 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 10 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Kun davomida 76 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 33 nafari Navoiy viloyatidagi, 24 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi, 2 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5263 nafar bemordan 4019 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1225 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 27 379 nafar, statsionar karantinda esa 20 963 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.