16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 14:21 da O‘zbekiston shaharlarida yer osti silkinishlari qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, zilzila epitsentri Afg‘onistonda, Toshkentdan 524 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Magnituda M=5,3, chuqurlik 214 km.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent : 524 km, 2 ball.
- Namangan : 482 km, 2 ball.
- Andijon : 471 km, 2 ball.
- Farg‘ona : 416 km, 2 ball.
- Guliston : 455 km, 2 ball.
- Jizzax : 458 km, 2 ball.
- Samarqand : 469 km, 2 ball.
- Termiz : 319 km, 2 ball.
- Qarshi : 501 km, 2 ball.
- Navoiy : 603 km, 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, kun avvalida Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekiston shaharlarida sezilgan edi. Birinchi zilzila magnitudasi epitsentrda 5,5 ni tashkil etgan edi.