16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:30 da O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV saytida xabar qilindi.
Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Tojikistonda, Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 112 km.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent : 457 km, 2 ball.
- Namangan : 353 km, 3 ball.
- Andijon : 326 km, 3 ball.
- Farg‘ona : 284 km, 3 ball.
- Guliston : 414 km, 3 ball.
- Jizzax : 452 km, 2 ball.
- Samarqand : 495 km, 2 ball.
- Buxoro : 705 km, 2 ball.
- Termiz : 438 km, 2 ball.
- Qarshi : 568 km, 2 ball.
- Navoiy : 638 km, 2 ball.