Koronavirus dunyo bo‘ylab iqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi. Uning biznesga ta’sirini hisobga olish vaqti keldi.
Investitsiyalarning ayrim turlari o‘zini oqlamadi, sezilarli pasayish kuzatildi: ayniqsa turizm, umumiy ovqatlanish, transport, ko‘ngilochar sanoat, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi, ko‘chmas mulk bozori, noturar ko‘chmas mulk ijarasi, qurilish, xizmatlar sohasi va boshqalar.
Pandemiya okibatlari xali to‘liq his etilmayapti va mutaxassislar global inkiroz keladi deb taxmin kilmokda. Bunday vaziyatda moliyaviy imkoniyatlar kamayadi va bu moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan mavjud biznesning yashovchanligiga tasir kiladi.
Kelajakda bizni biznesdagi yuqori turbulentlik davri kutmoqda. Shuning uchun inqirozda barqaror bo‘ladigan faoliyat turlarini tanlash juda muhimdir. To‘g‘ri investitsiya qilish vaqti keldi.
Inqirozlar har doim yangi imkoniyatlarni ochadi, shuning uchun bunday paytlarda investitsiya kilish kerak. Aynan shu vaziyatda keyinchalik ko‘plab mashxur bo‘lgan startap-kompaniyalarga sarmoya qilingan: Uber, Whatsapp va boshqalar. Kelajak uchun investitsiya strategiyasini tuzishda o‘tmish va makroiqtisodiy sikllarni hisobga olish kerak.
Jamg‘arma yig‘ib qo‘ygan va faol biznesdan charchagan muvaffaq bo‘lgan ko‘plab xususiy sarmoyadorlar o‘zlarining investitsiyalaridan keladigan foyda bilan qiziqishadi. Bunday investor foyda olish uchun bu tabiiy nazoratdan tashqari kompaniya faoliyati bilan shug‘ullanishning hojati bo‘lmagan sarmoya kiritishning turli usullarini izlaydi. Darhaqiqat, ayni paytda puli unga ishlaydi.
Investitsiyalar turlaridan biri bu mavjud yoki yangi biznes-loyihalarga investitsiyalar kiritishdir. Biznes-loyihalarga investitsiyalar an’anaviy investitsiyalar — banklardagi depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, kriptovalyuta va boshqalarga nisbatan ancha yuqori daromad keltirishi mumkin.
Masalan, «UZINVEST.UZ» investitsion maydonchasida o‘rtacha rentabellik 80 — 100% ni tashkil etadigan loyihalar jamlangan. Biznes loyihalarning bunday yuqori rentabellik darajasi va investitsion jozibadorligi, asosan, O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va raqobatdoshlar egallashga ulgurmagan ko‘plab ishlab chiqarish va xizmatlar turlarining mavjudligi tufayli mumkin bo‘ldi. «UZINVEST.UZ» investitsiya maydonchasida investor O‘zbekistondagi yirik biznes-g‘oyalar bazasi (1000 dan ortiq loyihalar) bilan tanishishi mumkin.
Biznes-loyihaga sarmoya kiritgan, qoida tariqasida, investor birinchi navbatda loyihaning daromadliligi bilan qiziqadi, lekin shu bilan birga, u loyihaning boshqa jozibador investitsion xususiyatlarini, masalan, investitsiyalarni qaytish muddatlari va qaytish kafolati, shuningdek, zarur bo‘lganda biznesdan tezkor chiqib ketish imkoniyatlari, inqirozga chidamliligi, loyiha realizatsiyacining moliyaviy shaffofligi, boshqaruv organlarining hatti-harakatlarini nazorat qilish, biznes-rejaning ijro etish nazorati, biznes ko‘lamini kengaytirish qobiliyati va boshqalarni hisobga olishi kerak.
«UZINVEST.UZ» investitsiya maydonchasida ekspertlar jamoasi investor uchun biznesning ustuvor tarmoqlari va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘plab loyihalar ichidan investitsiyalar uchun jozibadorlarini tanlab olishadi.
Investitsiyalarning daromadliligini ta’minlaydigan va investitsiya qilingan mablag‘larning yo‘qolish xavfini kamaytiradigan quyidagi vositalardan foydalangan holda ulushga ega bo‘lishga asoslangan loyihalarga investitsiyalarni taklif etadi.
Bundan tashqari, «UZINVEST.UZ» investitsiyalarning daromadliligini ta’minlaydigan va investitsiya qilingan mablag‘larning yo‘qolish xavfini kamaytiradigan quyidagi vositalardan foydalangan holda ulushga ega bo‘lishga asoslangan loyihalarga investitsiyalarni taklif etadi:
REPO bitimi. Masalan, investor va investitsiya loyihasining tashabbuskori bu biznesdagi ulushni 50/50 asosida o‘zaro taqsimlashga kelishib olishdi. Investorning investitsiyalarini qaytarilishini hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi shartlarda vaqtincha investor ulushini 90% gacha oshirish taklif etiladi. Bitim (shartli ravishda REPO deb yuritiladi) bo‘yicha investor biznesdagi 90% gacha bo‘lgan ulushga, investitsiya qaytarilganidan keyin 40% ulush qaytarilishi sharti bilan ega bo‘ladi. Shunday qilib, investor kompaniya ustidan yuridik va moliyaviy nazoratni, shu jumladan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi.
Sug‘urta. Prinsipal/qarzdor tomonidan benefitsiar/kreditor oldidagi pul majburiyatlarini bajarmaganligi sababli shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish.
Investitsiya kiritish bo‘yicha yangi loyihalardan xabardor bo‘lishni xohlasangiz, «UZINVEST.UZ» veb-saytining ijtimoiy tarmoqlariga obuna bo‘lishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (+99890) 115−93−33, (+99898) 338−93−33, (+99890) 925−96−81 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Sayt: uzinvest.uz
Telegram: https://t.me/uzinvestuz;
Instagram: @uzinvest.uz
Reklama huquqi asosida