19 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5855 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 51 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1637 kishi davolanmoqda. Ulardan 12 nafar bemor og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 4199 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.