So‘nggi ikki yil ichida tibbiy tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi sabab 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan. Oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermaslik bilan bog‘liq 700 dan ziyod holat aniqlangan. Aslida har qanday holatda ham ularga yo‘l berish kerak. Bu haqda Senat raisi Tanzila Narbayeva ma’lum qilgan.

“Biroq ularni o‘tkazib yuboraman, deb boshqa haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda”, — deydi Senat raisi.

“Ya'ni o‘tkazib yuboraman, deb qoida buzsa ham jarima to‘laydi, qoida buzmay, deb ularga yo‘l bermasa ham jarima to‘laydi. Bu kabi holatlarga chek qo‘yish uchun ham “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun juda muhim.

O‘z o‘rnida shuni ham alohida ta’kidlashimiz lozimki, Qonun qabul qilish muammoni hal qilishning bir qismi, xolos.

Yo‘llardagi tartib-intizomga faqatgina qoidabuzarlikni qayd etib, jarima undirish bilan erishib bo‘lmaydi.

Bugun qonun chiqsa, ertadan boshlab haydovchilarni jazoga tortish kerakmas. Avvalo, tushuntirish, o‘rgatish, ogohlantirish kerak" — deydi Tanzila Narbayeva.