O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 5000 nafardan oshdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. So‘nggi soatlarda 125 nafar bemor tuzalib, uyiga kuzatildi.
Jumladan:
- poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida — 18 nafar;
- Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida — 14 nafar;
- Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida — 14 nafar;
- shahar 1-son klinik shifoxonasida — 34 nafar;
- shahar 3-son tug‘ruq majmuasida — 7 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida — 19 nafar;
- Navoiy viloyatida — 14 nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan xalos bo‘ldi.
Kun davomida sog‘ayganlar — 161 nafar. Mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar — 5038 nafar.