27 iyun kuni soat 9:33 da O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida zilzila sezildi, uning epitsentr markazi Afg‘onistonda bo‘lgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, epitsentrda zilzila magnitudasi 5, chuqurligi esa 100 km bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Farg‘ona (453 km) — 2 ball;
- Guliston (443 km) — 2 ball;
- Jizzax (429 km) — 2 ball;
- Samarqand (424 km) — 2 ball;
- Termiz (240 km) — 3 ball;
- Qarshi (437 km) — 2 ball.