Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay o‘zining shaxsiy tvitterida ma’lum qildi, deya xabar berdi Tengrinews.kz.

Xabarga ko‘ra, Nazarboyevning koronavirusga topshirgan so‘nggi testi manfiy natijani ko‘rsatgan.

“Shifokorlarning tavsiyalariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini saqlab turishni davom ettiradi, masofadan turib ishlaydi va toza havoda yurishga vaqt ajratadi”, deb yozdi Ukibay.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni Nursulton Nazarboyevda koronavirus aniqlangani e’lon qilingan edi.