4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Epitsentrda zilzila magnitudasi 5,5 ni tashkil etdi. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent : 301 km, 3 ball.
- Namangan : 238 km, 3 ball.
- Andijon : 237 km, 3 ball.
- Farg‘ona : 176 km, 4 ball.
- Guliston : 257 km, 3 ball.
- Jizzax : 301 km, 3 ball.
- Samarqand : 356 km, 3 ball.
- Buxoro : 572 km, 2 ball.
- Termiz : 376 km, 3 ball.
- Qarshi : 450 km, 2 ball.
- Navoiy : 498 km, 2 ball.
FVV matbuot xizmatining qayd etishicha, zilzila boshqa shaharlarda sezilmagan. Talofatlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.