Vazirlar Mahkamasining 3 iyuldagi qarori bilan Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektorlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat bilan:
Gayrat Azatovich Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;
Kamal Saidakbarovich Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori etib;
Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.