Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov O‘zbekistonda uy sharoitida koronavirus infeksiyasidan 1706 nafar bemor davolanayotgani ma’lum qildi.
22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarning hududiy taqsimlanishi quyidagicha:
- Toshkent viloyati — 637;
- Toshkent shahrida — 413;
- Navoiy viloyatida — 404;
- Sirdaryo viloyatida — 156;
- Andijon viloyatida — 136;
- Surxondaryo viloyatida — 101;
- Samarqand viloyatida — 96;
- Qoraqalpog‘istonda — 58;
- Jizzax viloyatida — 22;
- Namangan viloyatida — 21;
- Qashqadaryo viloyatida — 21.
Ta’kidlanishicha, bemorlarning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
«Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi.