30 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23078 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘istonda, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirgacha kun davomida mamlakatda 493 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Ayni paytda mamlakatda 13432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Bundan tashqari, shu vaqtga qadar COVID-19 asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 134 nafarga yetdi.
Navbatdagi bemorlar o‘limi Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli Z.I. (erkak) va Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.A. (ayol) bo‘lib, birinchisi o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasidan, ikkinchisi esa o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.