Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha qilinayotgan chora-tadbirlarga izoh berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakat hukumati sog‘liqni saqlash tizimidagi hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda xulosalar chiqarmoqda.

«Tibbiyot sohasida umuman islohotlar qilinmagan desak buyam adolatdan, — dedi yana bir bor prezident. — Ammo so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilgan ishlar tufayli biz [sog‘liqni saqlash tizimini] zo‘rg‘a ushlab turibmiz. Tasavvur qilinglar agar 2016 yil bo‘lganda nima bo‘lardi vaziyatimiz. Agar biz 10 kun ichida davolash tizimini joy-joyiga qo‘ymasak, ahvolimiz yaxshi bo‘lmaydi», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayevga, shuningdek hokimliklar va sektor rahbarlariga Toshkent tajribasidan kelib chiqib, bir hafta ichida mintaqalarda ko‘chma tibbiy brigadalar yordamida uyda asoratlarsiz bemorlarni davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni yakunlashni topshirdi.

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz. Shuning uchun, davolash tizimini biz tezroq o‘rganib olsak, qilgan ishlarimiz o‘zining ijobiy natijasini bera boshlaydi. Agar bunga to‘g‘ri xulosa qilsak», — dedi u.

Prezident COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish va trening markazlarini tashkil etishni davom ettirish bilan mintaqalardagi kasalxonalarni o‘zining surunkali kasalliklarni davolash profiliga qaytarish muhimligini ta’kidladi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev shuningdek, Behzod Musayevga Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiyada ishlab chiqarilishi boshlangan va aholini emlashni boshlash imkoniyatlarini o‘rganishni buyurgan.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus respublika komissiyasining qarori bilan 10 iyuldan boshlab O‘zbekistonda karantin bo‘yicha yangi cheklovlar joriy qilindi, ular 15 avgustgacha uzaytirildi. Shu bilan birga, 3 avgustdan boshlab Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida karantin cheklovlari yumshatila boshlandi.