Tojikiston hududida, Toshkentdan 306 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, yer osti silkinishlari 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:07 da ro‘y berdi. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 306 km, 2 ball.
- Namangan: 314 km, 2 ball.
- Andijon: 328 km, 2 ball.
- Farg‘ona: 264 km, 2 ball.
- Guliston: 234 km, 3 ball.
- Jizzax: 244 km, 2 ball.
- Samarqand: 276 km, 2 ball.
- Termiz: 268 km, 2 ball.
- Qarshi: 352 km, 2 ball.
- Navoiy: 419 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.