AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum Bishkekda hibsga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayev haqidagi xabarlardan xavotirda ekanligini bildirdi.
«Men Qirg‘iziston rasmiylari O‘zbekiston hukumati talabiga binoan o‘zbek jurnalisti Bobomurod Abdullayevni hibsga olganliklari haqidagi xabarlardan qattiq xavotirdaman. Biz uning ishini diqqat bilan kuzatmoqdamiz», — deb yozdi Twitter da AQSH diplomatik vakolatxonasi rahbari.
U ikki mamlakat hukumatlarini jurnalistning harakat erkinligini hurmat qilishga va Qirg‘iziston orqali tanlangan joyga ketishiga ruxsat berishga chaqirdi.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida Konstitutsiya kunidagi nutqida va undan keyin ham ommaviy axborot vositalari erkinligi va jurnalistlarning huquqlari to‘g‘risida bir necha bor so‘zlagan. AQSHda erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari amaldagi demokratiyaning ajralmas qismi ekanligiga qo‘shilishadi», — dedi Daniyel Rozenblyum.
3/3 Further regarding Mr. Abdullayev: Pres Mirziyoyev spoke eloquently about media freedom and journalists' rights in his Constitution Day speech last December, and many times since. The U.S. agrees that a free and independent media is indispensable to a functioning democracy.
— U.S. Ambassador to Uzbekistan (@UsAmbUzbekistan) August 13, 2020
Bobomurod Abdullayev 8 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtida qo‘lga olingan edi. Hozirda jurnalistni O‘zbekistonga topshirish masalasi hal qilinmoqda. Bishkek sudi uni 8 sentyabrgacha hibsga oldi.
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ, Nyu-York), Amnesty International va boshqa qator inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ozod qilinishini so‘rab murojaat qilishgan.