Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy Moskvaga parvoz paytida hushidan ketgan va kasalxona ning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Navalniyning matbuot kotibi u zaharlangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar berdi RKB.
Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga parvoz paytida ahvoli og‘irlashgan va samolyot Omsk shahrida favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. U aeroportdan olib ketilgan va 1-sonli Omsk shoshilinch kasalxonasiga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, u ikkinchi darajali koma holatiga tushgan.
«U o‘zini yaxshi his qilmayotganini aytdi, mendan salfetkani so‘radi — uni ter bosgan edi. Men suv unga yordam beradimi, deb so‘radim, u yo‘q dedi va ehtimol hojatxonaga borishi kerakligini aytdi. Hojatxonaga bordi va shundan keyin hushidan ketdi», — deydi samolyotda u bilan birga bo‘lgan oppozitsionerning vakili.
Navalniy zaharlangan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda uning vakili Yarmish. «Bizning o‘ylashimizcha, Alekseyni choyiga nimadir qo‘shish yo‘li bilan zaharlashgan. Chunki u ertalab faqatgina choy ichgan edi. Shifokorlarning aytishicha, toksin issiq suyuqlik orqali tanada tez tarqalgan», — deya yozdi Yarmish o‘zining shaxsiy Twitter sahifasida.
Mы predpolagayem, chto Alekseya otravili chem-to, podmeshannыm v chay. Eto bыlo yedinstvennoye, chto on pil s utra. Vrachi govoryat, chto toksin bыstreye vsosalsya cherez goryachuyu jidkost. Seychas Aleksey bez soznaniya
— Kira Yarmыsh (@Kira_Yarmysh) August 20, 2020
Navalniy Tomsk aeroportidagi qahvaxonada qora choy ichgan, u yerda hozirda ichki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.