2020 yil davomida iyul oyida nisbatan eng ko‘p, ya’ni 17396 ta o‘lim holati qayd etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zAga bu haqdagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Yil boshidan iyul oyigacha, ya’ni, 6 oy davomida 92026 ta o‘lim hisobga olingan. Oylar kesimiga ko‘ra:
- yanvarda — 11036 nafar;
- fevralda — 13693;
- martda — 12633;
- aprelda — 11613;
- mayda — 11792;
- iyunda — 13790;
- iyulda — 17396 ta o‘lim qayd qilingan.
6 oy davomida qayd etilgan o‘limlar soni 2019, 2018 yillardagi 6 oylik ko‘rsatkichga nisbatan ham yuqori bo‘lgan.
Xususan, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.