Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 ta yigitga berilgan «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini berish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deya xabar berdi O‘zA. Aytilishicha, sovrindorlarga tantanali ravishda diplom va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

2017 yilda ta’sis etilgan ushbu mukofot 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlarga, akademik yutuqlarga erishgan, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan ajralib turadigan, shuningdek, fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohasi va huquqni muhofaza qilish idoralaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 11 mln 150 ming so‘m miqdorida belgilangan.

Laureatlarning to‘liq ro‘yxati hujjatda keltirilgan. Ular orasida maktab o‘quvchilari, talabalar, yosh olimlar, harbiy xizmatchilar, tadbirkorlar, shifokor-epidemiolog, gazeta muharriri va suzish bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bor.