Respublika maxsus komissiyasi prezident tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, karantin talablarini qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
- jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash;
- diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak"lar bilan jihozlash;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
- tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
- diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik.