6 sentyabr kuni o‘n yetti karra «Katta dubulg‘a» (Grand Slam) chempioni va dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Djokovich nomaqbul harakat qilgani sababli AQSHning tennis bo‘yicha Ochiq chempionatidan (US Open) chetlatildi. Bu haqda US Open chempionatining rasmiy saytida xabar berildi.
Bunga Novak Djokovich Pablo Karreno Bustaga qarshi uchrashuvda birinchi setni yutqazgandan so‘ng, u tasodifan chiziq hakamiga qarata tennis to‘pini urib yuborgani sabab bo‘ldi. To‘p hakamning tomog‘iga urilib, ayol yiqilib yo‘tala boshladi. Tennischi darhol hakamdan kechirim so‘radi va uni ko‘tarishga yordam berdi.
«Katta dubulg‘a» qoidalariga binoan, uning (Novak Djokovichning — tahr.) maydon ichida to‘pni qasddan xavfli yoki beparvolik bilan urish yoki oqibatlarni o‘ylamay to‘pni urgani sababli US Open turniri hakami Novak Djokovichni 2020 yilgi mazkur chempionat musobaqasidan chetlatish qarorini qabul qildi. Chetlatilganligi sababli, Djokovich AQSH Ochiq chempionatida (US Open) qo‘lga kiritgan barcha reyting ochkolarini yo‘qotadi va turnirda qo‘lga kiritilgan mukofot puli hamda huquqbuzarlik hodisasi uchun qo‘shimcha ravishda jarima solinadi", — deyiladi xabarda.
Tennis star Novak Djokovic has been kicked out of the U.S. Open after hitting a lineswoman with a ball. The world number one was in his fourth-round match. pic.twitter.com/4L6KpTNJMn
— 10 News First (@10NewsFirst) September 6, 2020
Ushbu voqeadan so‘ng serbiyalik tennischi o‘zining rasmiy Instragram sahifasida post joyladi. Unda Novak Djokovich ushbu voqea uchun hakamdan va chempionat ma’muriyatidan yana bir bor ommaviy ravishda kechirim so‘radi.
«Bu holat meni xafa qildi va ko‘nglimni xira qildi. Tashkilotchilar menga hakamning holati yaxshi ekanligini aytishdi. Uning bunday stressni boshdan kechirganidan juda afsusdaman. Bu qasddan emas edi», — deya ta’kidladi dunyoning birinchi tennischisi.