Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Qashqadaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, hokimga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
G‘ayrat Begaliyev 4 mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Shuningdek, 6 sentyabr kuni Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari ham Mansur Rahmonovning ham olamdan o‘tganligi haqida xabar berilgan edi.