Abdurahim Abdurasulovich Mo‘minov prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda prezident Xalq qabulxonasi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston prezidenti 8 sentyabrda bu haqdagi farmonni imzoladi.
Polkovnik Abdurahim Mo‘minov bunga qadar O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.