1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 14 sentyabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra, buni amalga oshirish uchun 13 ta «Ishga marhamat» monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari,11 ta Toshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari hamda 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar:
- 13 ta kollej va 13 ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming o‘quvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar
va chet tillariga o‘qitish kurslari tashkil etiladi; - qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari xorijiy yirik
ish beruvchilarning (Rossiyaning «NIPIGAZ» AJ, «Renaissance Heavy Industries», B.T.K GRUP, Turkiyaning «ANT YAPI», «Tayga Grupp», BAAning «Tadbeer» tashkilotlari) talablariga moslashtiriladi; - xorijiy yirik ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar o‘rnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi;
- Mehnat vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli kurslarga xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislari va yetakchi ta’lim muassasalarining pedagog кадрларижалб qilinadi;
5)2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:
- Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Yapon tili va kasbiy malaka» test markazi;
- Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida payvandchilar maktabi;
- Birlashgan Arab Amirliklarining rekruting «Tadbeer» markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazi;
- Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasbga tayyorlash o‘quv markazlari;